locale OZ

Alisson Beker jarohati sabab «Galatasaroy»ga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi

Chempionlar Ligasi 1/8 finalidan oʻrin olgan uchrashuv bugun boʻlib oʻtadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Alisson Beker jarohati sabab «Galatasaroy»ga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi
FOTO: Getty Images

«Liverpul» bosh murabbiyi Arne Slot UEFA Chempionlar Ligasi 1/8 finali doirasidagi «Galatasaroy»ga qarshi bahs oldidan jamoaning asosiy darvozaboni Alisson Beker jarohat olganini ma’lum qildi.

Mersisaydliklar ustozining so‘zlariga ko‘ra, braziliyalik posbon mashg‘ulotlarda ishtirok etgan, biroq jarayon yakunida o‘zini noqulay his qilgan.

«Alisson mashg‘ulotda edi, ammo mashg‘ulot oxirida u qandaydir noqulaylikni his qildi. Biz uning bugungi o‘yinda maydonga tushirmaslikka qaror qildik», — dedi Slot matbuot anjumanida.

Shuningdek, murabbiy jarohat unchalik jiddiy emasligini va darvozabon tez orada safga qaytishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.

«Uning yakshanba kuniyoq safga qaytish imkoniyati bor. Bu jiddiy jarohat emas», — deya ta’kidladi mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, «Liverpul» va «Galatasaroy» jamoalari o‘rtasidagi Chempionlar Ligasi 1/8 finalining dastlabki uchrashuvi bugun Istanbulda bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 22:45 da start oladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting