Alisher Yusupov: Bizni majmuaga kelib qo‘llab quvvatlayotgan muxlislarimizga g‘alaba taqdim etishni xohlaymiz
SQB – NASAF uchrashuvidan keyin qashqadaryoliklar bosh murabbiyi Alisher Yusupov o'yin haqidagi o'z fikrlarini bildirdi.
photo: UFF
SQB – NASAF uchrashuvidan keyin qashqadaryoliklar bosh murabbiyi Alisher Yusupov o'yin haqidagi o'z fikrlarini bildirdi.
“Bugun juda qiziqarli, tezkor futbol bo‘ldi. Shogirdlarimning o‘yinidan, harakatlaridan juda xursandman. Maydonning har bir qarichi uchun fidoyilik bilan kurash olib borishdi. Bugungi ochkoni mehnat qilib oldik.
Eng e’tiborli jihati bugun raqibga nisbatan biz ko‘proq xavfli vaziyatlarni yaratdik. Bugungi durang natija o‘yinga mos bo‘ldi deyish mumkin. Endi keyingi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘ramiz. Bizni majmuaga kelib qo‘llab quvvatlayotgan muxlislarimizga g‘alaba taqdim etishni xohlaymiz”,-dedi mutaxassis.
Ibrohim Jalolov
Redaktor