locale OZ

Alisher Qodirov: Jahon chempionati oldidan terma jamoaga tajribali maslahatchi kerak

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

5 iyun kuni BAAga qarshi o‘yindagi durang natijasidan so‘ng O‘zbekiston milliy jamoasi tarixda ilk bor jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Bu katta yutuq sifatida e’tirof etilsa-da, siyosatchi Alisher Qodirov fikricha, endi asosiy e’tibor jahon chempionatidagi ishtirok va undan keyingi saralash bosqichiga qaratilishi lozim.

Qodirovga ko‘ra, jamoa oldida ikki muhim vazifa bor: guruhdan chiqishga qodir tarkibni shakllantirish va keyingi saralashlarga tayyorgarlikni hozirdan boshlash.

U Timur Kapadzeni qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi, biroq jamoaga xalqaro tajribaga ega mutaxassis maslahatchi sifatida yordam berishi foydali bo‘lishini qayd etdi. Misol tariqasida u mashhur italiyalik mutaxassis Klaudio Ranierini keltirdi.

73 yoshli Ranieri hozirda “Roma” klubida texnik direktor sifatida faoliyat yuritmoqda. U o‘tgan mavsumda jamoaga Yevropa kuboklariga yo‘llanma olishda yordam bergan. Angliyada “Lester” bilan chempion bo‘lgan murabbiy Yevropaning qator yirik klublarida ham ishlagan. Joriy mavsum yakunida u murabbiylik faoliyatini yakunlashini ma’lum qilgan edi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting