Alisher Mirzayev Kambodja klubi bilan shartnomasini uzaytirdi
Photo: Getty Images
O‘zbekistonlik yarim himoyachi Alisher Mirzayev "Visakha" bilan shartnomasini uzaytirdi.
Kelishuv 2026 yilning 31 mayiga qadar amal qiladi.
29 yoshli futbolchi 2019 yildan beri ushbu jamoa safida to‘p surmoqda, faqat 2021 yilda "Prai Veng"da bir mavsum o‘ynagan. 2022 yildan boshlab yana "Visakha" libosida harakat qilib kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Alisher Mirzayev "Paxtakor" tarbiyalanuvchisi sanaladi. U 2012 yilda Dilshod Nuraliyev boshqaruvidagi O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi bilan Osiyo chempioni bo‘lgan.
Bahrom Bobonov
Redaktor