Alisher Asrorov: \"Kim nima desa desin-u, Bruno Fernandesh o'sha maqtovli Bellingemdan ham balandda turadi\"
Soni bo'yicha dunyodagi eng ko'p muhlisi bor jamoa bu “Manchester Yunayted” deb aytsak mubolah'a bo'lmaydi. Albatta, “Yunayted”ning fanatlari haqiqatda juda ko'p. To'g'ri, ohirgi yillarda jamoa o'z darajasi va obro'sini anchagina yo'qotib qo'ydi, biroq “Yunayted” muhlislari hali ham o'z jamoasini qo'llab-quvvatlashda davom etmoqda.

Ana shunday insonlardan biri Alisher Asrorov bilan Yevropa ligasi yarim final dastlabki uchrashuvlar doirasida “Atletik Bilbao” hamda “Manchester Yunayted” jamoalari o'rtasidagi o'yindan keyin suhbatlashdik. Asrorov “Yunayted”ning g'alabasidan keyin, quyidagi fikrlarni bildirdi:

"Kecha “Atletik Bilbao”ga qarshi o'yinda “Manchester Yunayted” g'alaba qozondi, lekin bahs natijasidan tashqari, oldingi uchrashuvlarni xam xisobga olgan xolda men quyidagi xulosalar chiqardim:
Ugarte yaxshi ekan.
Boshida sotib olinganida “nega kerak? Maktominey yaxshiroq edi” deb jahl qilgan edim. Oxirgi bir necha o'yinda u o'zini xarakterini va qobiliyatlarini ko'rsatmoqda. Shunday davom etsa yaxshi natijalarga erishadi, xudo xohlasa;

Maguayr qaytdi.
Xarri Maguayr faoliyati davomida juda ko'p qiyin vaziyatga tushdi: Gretsiyada politsiyachilar bilan urushgani (darvoqe, o'sha politsiyachilar “Liverpul” fanatlari ekanligi aniqlangan), himoyada ishonchsiz o'ynashi, sardorlik bog'ichi olib qo'yilishi shular jumlasidandir. Lekin, men Xarriga doim ishonganman va u xozirda nafaqat ximoyadagi ishonchli o'yini bilan, balki hujumga tegayotgan foydasi bilan xam yana “MYu” muxlislarini muhabbatini qozonmoqda;

Kazemiro baribir boshqa daraja.
Men Kazemiro “Real”dan o'tganida ochig'ini aytsam shok bo'lgan edim. Shunday kalibrdagi o'yinchini “Real”dan sotib olganimiz katta omad edi. To'g'ri, u doim stabil va yaxshi o'ynagan, ammo joriy mavsum boshlarida xatoliklar bilan o'ynab ketishga yaqin edi, ammo Ruben Amorim aytganidek “fikrni o'zgartirib yubordi”
Baribir Kazemirodek o'yinchilar muhim pallalarda oxirigacha kurashib g'alaba olib kelib berishni biladi;

Bruno - monstr.
Bruno shundoq ham bizning asosiy yulduzimiz, sardorimiz, liderimiz, lekin navbatdagi o'yinda, qolaversa statistikaga karasak xam shuni ko'ryabmizki - Bruno Fernandesh dunyodagi eng kuchli futbolchilardan biri. Ishonchim komil, agar “MYu” bu xolatda emas, Chempionlar ligasi jamoasi bo'lib o'ynaganida edi, “oltin to'p”ga asosiy davogar aynan portugal bo'lar edi. Kim nima desa desin-u, nazarimda Bruno o'sha maqtovli Djud Bellingemdan xam bir pog'ona balandda turadi deb hisoblayman",-deydi “Manchster Yunayted”ning “Atlerik” ustidan qozongan yirik g'alabasini tahlil qilgan muhlis.
