Ali Aliev O‘zbekiston terma jamoasini jahon chempionatiga chiqishi bilan tabrikladi
Qozog‘iston terma jamoasi bosh murabbiyi Ali Aliev O‘zbekiston milliy jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatiga yo‘llanma olgani munosabati bilan tabrikladi.
— O‘zbekistonni mundialga chiqqani bilan tabriklaymiz. Bu mamlakat va xalq uchun katta quvonch. Biroq menimcha, UEFA miqyosida raqobat darajasi boshqacha. Qozog‘istonda Fransiya kabi terma jamoalar mehmon bo‘ladi, biz "Astana Arena"da Mbappe va boshqa yulduzlarni ko‘rish imkoniga egamiz. Yaqin orada Lukaku boshchiligidagi Belgiya terma jamoasi ham tashrif buyuradi. Shu sababli, mamlakat uchun UEFA tarkibida ishtirok etish juda katta ahamiyatga ega, — dedi mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo saralashining to‘qqizinchi turida BAA bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi va jahon chempionatiga chiqishni ta’minladi. Bu — mamlakat tarixidagi ilk yo‘llanma hisoblanadi.