locale OZ

“Al-Hilol” yulduz hujumchini transfer qilish bo‘yicha muzokaralarni boshladi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Al-Hilol” yulduz hujumchini transfer qilish bo‘yicha muzokaralarni boshladi
“Al-Hilol” yulduz hujumchini transfer qilish bo‘yicha muzokaralarni boshladi

Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi “Napoli” hujumchisi Viktor Osimhenni transfer qilish bo‘yicha muzokaralarni boshladi. Bu haqda insayder Nikolo Skira o‘z ijtimoiy tarmoq sahifasida xabar berdi.

Hozircha muzokaralar tafsilotlari oshkor qilingani yo‘q. Ayni paytda Osimhen Turkiyaning “Galatasaray” jamoasida ijarada o‘ynayapti. Uning “Napoli” bilan shartnomasi 2026 yil 30 iyungacha amal qiladi.

Joriy mavsumda nigeriyalik hujumchi “Galatasaray” safida barcha musobaqalarda 36 ta o‘yin o‘tkazib, 31 ta gol urdi va 7 ta golli pas berdi. Osimhenning shartnomasida 75 million yevro miqdoridagi chiqish puli ko‘rsatilgan.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting