locale OZ

“Al-Hilol” super hujumchi bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Al-Hilol” super hujumchi bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi
FOTO: Getty Images

Italiyaning “Napoli” klubi hujumchisi Viktor Osimhen “Al-Hilol” bilan shaxsiy shartnoma shartlari borasida kelishuvga erishdi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, nigeriyalik futbolchi Saudiya klubi bilan 2029-yilga qadar mo'ljallangan shartnoma imzolaydi. Osimhen riyodliklar safida yiliga 35 million yevro maosh oladi.

Ma'lumot uchun, Osimhen o'tgan mavsumni “Galatasaroy”da ijara o'tkazdi. Bu davr ichida u barcha turnirlarda 41 ta o'yinda maydonga tushib, 37 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting