Al-Hilol Osimhen uchun 50 mln yevro maosh taklif qildi
Photo: Getty Images
Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubi Italiyaning "Napoli" hujumchisi Viktor Osimhen uchun yana bir bor shartnoma taklif qildi.
Goal nashrining xabariga ko‘ra, klub nigeriyalik futbolchiga yiliga 50 million yevro miqdorida maosh taklif qilgan. Bungacha 26 yoshli hujumchi "Al-Hilol"ning 30 million yevrolik dastlabki taklifini rad etgan edi.
Shuningdek, saudiya klubi rahbariyati Viktor Osimhenni qo‘lga kiritish uchun "Napoli"ga 75 million yevro miqdorida tovon puli to‘lashga tayyorligini bildirgan.
O‘tgan mavsumda Osimhen Turkiyaning "Galatasaroy" jamoasida ijarada to‘p surgan. U barcha musobaqalar doirasida 41 o‘yinda maydonga tushib, 37 ta gol va 8 ta golli uzatma muallifiga aylangan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist