\"Al-Hilol\" Marku Silvani jamoaga olib kelmoqchi
Photo: Getty Images
"Al-Hilol" "Fulhem" bosh murabbiyi Marku Silvaning xizmatlariga qiziqib qolgan. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar tarqatmoqda.
Portugalialik mutaxassis kelasi mavsumdayoq "Al-Hilol"ni boshqarishi mumkin. Silva 2021 yilning iyulidan beri londonliklarni boshqarib kelmoqda. Tomonlar o'rtasidagi shartnoma 2026 yilgacha mo'ljallangan.
Ayni vaqtda "Al-Hilol"ni Jorge Jezush boshqarmoqda. Uning kelishuvi ikki oydan keyin tugaydi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist