\"Al-Hilol\" Leau'ni sotib olmoqchi
Klub vakillari allaqachon "rossonerilar" yulduziga aloqaga chiqqan.
Photo: Getty Images
"Milan" vingeri Rafael Leau faoliyatini Saudiya chempionatida davom ettirishi mumkin, deb xabar berdi jurnalist Nikolo Skira.
Maʼlum qilinishicha, 26 yoshli portugaliyalik futbolchi "Al-Hilol"ning diqqat markaziga tushgan.
Ar-Riyod klubi vakillari allaqachon "rossonerilar" yulduziga murojaat qilgan. "Milan" futbolchi bilan xayrlashmoqchi emas.
Milanliklar Leau transferidan kamida 90 dan 100 million yevrogacha mablag' talab qilmoqda. 26 yoshli futbolchining o'zi ham Yevropada o'ynashni davom ettirishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o'tamiz, Rafaelning amaldagi shartnomasi 2028 yilning o'rtalarigacha amal qiladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist