locale OZ

\"Al-Hilol\" Inzagini dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi murabbiyiga aylantirmoqchi

Murabbiy YECHL finalidan so‘ng bir qarorga kelishi mumkin
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Al-Hilol" Inzagini dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi murabbiyiga aylantirmoqchi
Photo: Getty Images

"Inter" bosh murabbiyi Simone Inzagi Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubi bilan muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda jurnalist Patrik Berger xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, saudiyaliklar italiyalik murabbiyni Jorge Jezushning o‘rniga asosiy nomzod sifatida ko‘rmoqda. Tomonlar o‘zaro kelishuvga erishsa, Inzagi dunyoda eng ko‘p maosh oladigan murabbiyga aylanishi mumkin.

Hozircha tomonlar o‘rtasida kelishuvga erishilmagan. Inzagi so‘nggi kunlarda muzokaralarni to‘xtatib, to‘liq e’tiborini Chempionlar Ligasi finaliga qaratgan. Kutilishicha, final uchrashuvidan keyin muzokaralar davom ettiriladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting