locale OZ

\"Al-Hilol\" Fernandeshning barcha moliyaviy talablarini bajarishga tayyor

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Al-Hilol" Fernandeshning barcha moliyaviy talablarini bajarishga tayyor
Photo: Getty Images

Portugaliya terma jamoasi va “Manchester United” yarim himoyachisi Bruno Fernandesh faoliyatini Saudiya Arabistoni chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda saudiya jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotiga ko'ra, “Al-Hilol” rahbariyati 30 yoshli futbolchiga taklif bilan chiqqan. Saudiya klubi Fernandesh bilan 3 yilga mo'ljallangan uzoq muddatli mehnat shartnomasini imzolashga tayyor.

“Al-Hilol” rahbarlari portugaliyalikning barcha moliyaviy talablarini qondirishga tayyor. Bruno 2020 yildan beri "qizil iblislar" safida to'p surmoqda. Uning mankunianliklar bilan shartnomasi 2027 yilning o'rtalariga qadar tuzilgan. Fernandesh joriy mavsumda 52 ta o'yinda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 18 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting