\"Al-Hilol\" Ernandes uchun yiliga 18 mln yevro maosh bermoqchi
Tomonlar muzokaralarni boshlab yuborishgan
Photo: Getty Images
“Al-Hilol” klubi “Milan” chap qanot himoyachisi Teo Ernandesga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Calciomercato xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, saudiyaliklar 27 yoshli futbolchini sotib olishni asosiy maqsad qilgan. Klub Teo uchun yiliga 18 mln yevro atrofida maosh berishga tayyor.
Tomonlar o‘zaro bog‘langan va muzokaralarni davom ettirmoqda. “Milan” esa Ernandes bilan shartnomani uzaytirmoqchi emas.
O‘tgan mavsumda u “Milan” safida barcha turnirlarda 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urgan va 6 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan.