locale OZ

Alfonso Devis JCh-2026’dagi ilk o‘yinida maydonga tushdi

“Bavariya” futbolchisi mundialning 1/16 final bosqichida JAR terma jamoasiga qarshi kechgan bahsda zaxiradan o‘yinga qo‘shildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Alfonso Devis JCh-2026’dagi ilk o‘yinida maydonga tushdi
Foto: Getty Images

Kanada terma jamoasi himoyachisi Alfonso Devis nihoyat JCh-2026’dagi ilk uchrashuvida maydonga tushdi.

“Bavariya” futbolchisi mundialning 1/16 final bosqichida JAR terma jamoasiga qarshi kechgan bahsda zaxiradan o‘yinga qo‘shildi. Devis uchrashuvning 75-daqiqasida Teyjon Byukenen o‘rniga maydonga tushdi.

Bu uning 2026-yilgi Jahon chempionatidagi birinchi ishtiroki bo‘ldi. Kanada terma jamoasi yetakchilaridan biri hisoblangan Devis guruh bosqichini jarohatdan to‘liq tiklanish zarurati sababli o‘tkazib yuborgan edi.

Alfonso Devisning safga qaytishi Kanada uchun muhim voqea sifatida baholanmoqda. U tezligi, qanotdagi faolligi va hujumga qo‘shilishdagi samaradorligi bilan jamoa o‘yiniga qo‘shimcha kuch berishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Kanada terma jamoasi guruh bosqichida 4 ochko jamg‘arib, B guruhida ikkinchi o‘rinni egallagan holda pley-offga yo‘l olgan. JAR esa A guruhida 4 ochko bilan ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting