locale OZ

Alesandro Nesta De Zerbining murabbiylar shtagiga qoʻshilishdan bosh tortdi

Afsonaviy himoyachi yordamchi bo‘lishni istamayapti.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Alesandro Nesta De Zerbining murabbiylar shtagiga qoʻshilishdan bosh tortdi
FOTO: Getty Images

«Milan» klubi afsonasi va sobiq himoyachisi Alessandro Nesta «Tottenhem» bosh murabbiyi Roberto De Zerbining o‘z murabbiylar shtabiga kirish borasidagi taklifini rad etdi. Bu haqda taniqli insayder Nikolo Skira xabar berdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, Nesta o‘z faoliyatini faqat bosh murabbiy sifatida davom ettirish niyatida va klublardan keladigan takliflarni kutmoqda. Shu bilan birga, De Zerbi London klubidagi o‘z shtabini shakllantirish ishlarini davom ettirmoqda.

50 yoshli mutaxassis Alessandro Nesta 2025 yilning yozida «Monsa» klubini tark etgan edi va o‘shandan beri ishsiz bo‘lib turibdi. U avvalroq «Redjana», «Frozinone», «Perudja» va «Mayami» klublarida ham bosh murabbiy sifatida faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, Roberto De Dzerbi bir necha kun avval «Tottenhem» boshqaruviga keldi va jamoa Chempionshipga tushib ketgan taqdirda ham klubni tark etmasligini rasman ma’lum qildi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting