locale OZ

Aleksis Sanches «Sevilya»ni tark etdi

Uning keyingi manzili hozircha noma'lum.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Aleksis Sanches «Sevilya»ni tark etdi
ФОТО: Getty images

Ispaniyaning «Sevilya» klubi va chiliyalik hujumchi Aleksis Sanches o‘rtasidagi hamkorlik nihoyasiga yetdi. Futbolchining shartnomasi muddati tugagan va klub uni uzaytirmaslikka qaror qilgan.

Tajribali forvard o‘tgan mavsumda «Sevilya»ning La Ligada o‘z o‘rnini saqlab qolishida muhim hissa qo‘shgan bo‘lsa-da, unga yangi shartnoma taklif qilinmadi.

Manbalarga ko‘ra, Sanches faoliyatini davom ettirish niyatida. Ammo uning keyingi manzili hozircha noma’lum.

Hozircha eng ko‘p tilga olinayotgan variant — A Seriyaga qaytgan «Monza». Biroq bu ma’lumotlar hali rasman tasdiqlangani yo‘q.

Shuningdek, agar yevropalik klublardan munosib taklif bo‘lmasa, sobiq «Barselona» va «Arsenal» futbolchisi faoliyatini o‘z vatanida — Chili chempionatida davom ettirishi ham istisno qilinmayapti.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting