Aleksis Sanches «Sevilya»ga o'tmoqda
Фото: Getty Images
"Udineze" klubi hujumchisi Aleksis Sanches faoliyatini "Sevilya"da davom ettiradi. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, 36 yoshli chililik futbolchi "Udineze"dan "Sevilya"ga tekin o'tadi. Hujumchi ispan jamoasi bilan yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan bir yillik shartnoma imzolaydi.
Ma'lumot uchun, Sanches "Udineze" safida o'tgan yilning avgustidan buyon to'p surib kelmoqda. 2024/25 yilgi mavsumda u A Seriya va Italiya Kubogida 14 ta o'yinda ishtirok etdi. Yangi mavsumda hujumchi maydonga tushmadi.
"Sevilya" uch turdan so'ng Ispaniya chempionati turnir jadvalida 12-o'rinni egallab turibdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist