Aleksandr Zinchenko jiddiy jarohat oldi
Himoyachi JCh-2026 saralashidagi hal qiluvchi o‘yinlarni o‘tkazib yuborishi mumkin.
FOTO: Getty Images
«Ayaks» va Ukraina terma jamoasi himoyachisi Aleksandr Zinchenko katta ehtimol bilan 2026 yilgi jahon chempionatiga chiqish huquqi uchun mart oyida bo‘lib o‘tadigan pley-off o‘yinlarida ishtirok eta olmaydi. Bu haqda TaToTake nashri xabar bermoqda.
Futbolchi klubining asosiy tarkibidagi ilk rasmiy o‘yinidayoq chap oyog‘idan jiddiy shikastlangan.
Shifokorlar jarohatni quyidagicha baholashmoqda:
- Optimistik ssenariy — yon boylamlarning uzilishi, bunda tiklanish muddati olti haftadan uch oygacha davom etadi;
- Pessimistik ssenariy — futbolchining faoliyatidagi ilk bor tizzaning oldingi xochsimon boylamlari uzilishi bo‘lib, bu 8 oydan 12 oygacha reabilitatsiya talab qiladi.
Qayd etilishicha, yakuniy xulosa MRT tekshiruvidan so‘ng ma’lum bo‘ladi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist