locale OZ

Aleksandr Xomyakov: «Biz kurashishda davom etamiz»

"Buxoro" ustozi "Mash'al"ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Aleksandr Xomyakov: «Biz kurashishda davom etamiz»
Фото: Машъал ПФК

Superliga pley-off bosqichidan o‘rin olgan "Mash’al" – "Buxoro" uchrashuvi 0:0 hisobida yakun topdi va penaltilar seriyasida muborakliklarning qo‘li baland keldi (3:1). O‘yindan so‘ng "Buxoro" bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O‘yin haqida fikringiz...

- Anchadan beri ko‘rishmagandik. Hammangizni ko‘rib turganimdan xursandman. O‘yinga keladigan bo‘lsak, har ikki jamoa asabiy bahs o‘tkazdi. Jamoalar xato qilmaslik uchun juda ehtiyotkor bo‘lib o‘ynashdi. Odatda pley-off uchrashuvlari shunaqa kechadi. Vaziiyatlarga boy o‘yin ko‘rmadik, bitta gol o‘yin taqdirini hal qilib qo‘yishi mumkin edi. Afsuski, penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘ldik. "Mash’al"ni vazifani bajargani va Superligada qolganini tabriklayman. Biz esa kurashishda davom etamiz.

— Jamoangiz gol urdi, lekin hisobga olinmadi...

- O‘sha golni men ko‘rmay qoldim. Ofsayd tufayli gol inobatga olinmaganini bildim. Hakamlarga shunday qaror qabul qilishdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting