Aleksandr Usik xayrlashuv jangi uchun ikki nafar asosiy nomzodni aytdi
Superog‘ir vazn toifasida sobiq mutloq jahon chempioni, mag‘lubiyatsiz ukrainalik bokschi Aleksandr Usik faoliyatidagi so‘nggi (xayrlashuv) jangida kimlarga qarshi ringga chiqmoqchi ekanligini ma’lum qildi.
"Menga katta nom kerak. Endi bizda Zuffa bor. Ehtimol, Dana Uayt va U Zoti Oliylari (Turki al-Shayx nazarda tutilmoqda) menga biror taklif bilan chiqishar. Nega endi yo‘q? Mening so‘nggi raqsim (jangim) AQShda, balki Nyu-Yorkdagi stadionlardan birida bo‘lib o‘tadi. Bu shov-shuvli nom bo‘ladi. Kimlarni shunday deb hisoblayman? "Ochko‘z qorin" (Tayson Fyuri nazarda tutilgan) va Deontey Uaylder. Ha, aynan mana shu ikki bokschi [men bilan jang qilishga asosiy nomzod] bo‘ladi", — deya Usikning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Daily Mail Boxing YouTube-kanali.