locale OZ

Aleksandr Isak «PSJ»ga qarshi oʻyinda maydonga tushishi mumkin

Shvetsiyalik futbolchi 2025 yilning dekabr oyidan buyon oʻyinlarda ishtirok etmayapti.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Aleksandr Isak «PSJ»ga qarshi oʻyinda maydonga tushishi mumkin
FOTO: Getty Images

«Liverpul»ning shvetsiyalik hujumchisi Aleksander Isak og‘ir jarohatdan so‘ng deyarli to‘liq tiklanib bo‘ldi. 26 yoshli futbolchining UEFA Chempionlar Ligasi chorak finali doirasidagi «PSJ»ga qarshi dastlabki o‘yinda maydonga tushish uchun barcha imkoniyatlari bor. Bu The Touchline xabar bermoqda.

Isak 2025 yilning 21 dekabrida oyog‘ining boldir qismi sinishi jarohatini olgan edi va u allaqachon mashg‘ulotlarga qaytgan. «Liverpul» bosh murabbiyi Arne Slot katta ehtimol bilan 8 aprel kuni «Park de Prens» stadionida bo‘lib o‘tadigan bahsda Isak xizmatidan foydalana oladi.

Joriy mavsumda hujumchi jarohat sababli uch oydan ortiq vaqtni o‘tkazib yuborguniga qadar, «mersisaydliklar» safida 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan edi. Eslatib o‘tamiz, «Liverpul» Isakni 2025 yilning sentyabr oyida 145 million yevro evaziga sotib olgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting