locale OZ

Aleksandar Stankovich «Inter»ga qaytdi

Serbiyalik xavbek 2025-yilning yozidan buyon “Bryugge” safida to‘p surib kelayotgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Aleksandar Stankovich «Inter»ga qaytdi
ФОТО: Getty images

“Milan”ning “Inter” klubi o‘z rasmiy saytida yarim himoyachi Aleksandar Stankovich bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi.

Italiya klubi serbiyalik futbolchini “Bryugge”dan qaytarib sotib olish bandini faollashtirdi. Stankovich “Inter” bilan 2031-yilning yoziga qadar shartnoma imzoladi.

Aleksandar Stankovich 20 yoshda, u “Milan”ning “Inter” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Serbiyalik xavbek 2025-yilning yozidan buyon “Bryugge” safida to‘p surib kelayotgandi. U bir yil ichida 55 ta o‘yinda maydonga tushib, to‘qqizta gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi.

Avvalroq OAV “Inter” Stankovichni “Bryugge”dan 23 million yevroga qaytarib sotib olishi, biroq futbolchining klubda qolmasligi mumkinligi haqida xabar bergandi. Unga “Brentford” qiziqish bildirgan. “Inter” Stankovichni 40 million yevroga baholamoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting