Aleks Fergyuson: «Uning jamoaga kelishi koʻp narsani oʻzgartirdi»
«Manchester Yunayted»ning sobiq bosh murabbiyi ser Aleks Fergyuson 2025/2026 yilgi mavsum oldidan «qizil iblislar» safiga qo‘shilgan futbolchilarning o‘yini haqida fikr bildirdi.
«O‘ylaymanki, Lammensning kelishi ko‘p narsani o‘zgartirdi. U 23 yoshda, tezkor, jismonan kuchli futbolchi, ham oyoqlari, ham qo‘llari bilan juda yaxshi o‘ynaydi.
Jamoaga aynan shunday futbolchi kerak edi. “Yunayted”da har doim boshqalarni ilhomlantira oladigan o‘yinchilar bo‘lgan va, nazarimda, bu yerda ham shu omil o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Qolgan ikki yangi futbolchi — Mbemo va Kunyaga kelsak, ular bizga avvalgi formamizni qaytarishga yordam beradiganga o‘xshaydi», — deya Fergyusonning so‘zlarini keltiradi Goal.com nashri.
Maʼlumot uchun, APLning 16-turidan so‘ng «Manchester Yunayted» 26 ochko bilan turnir jadvalida oltinchi o‘rinni egallab turibdi.