Aleks Fergyuson shifoxonaga olib ketildi
“Manchester Yunayted”ning sobiq bosh murabbiyi va afsonasi Aleks Fergyusonda hammasi joyida. U ehtiyot chorasi sifatida tibbiy ko‘rikdan o‘tdi. Bu haqda Sky Sports xabar bermoqda.
Avvalroq shotlandiyalik mutaxassis Angliya Premyer-ligasining 35-turidan o‘rin olgan “qizil iblislar” va “Liverpul” o‘rtasidagi o‘yin oldidan o‘zini yomon his qilgani sababli shifoxonaga tushgani ma’lum bo‘lgandi
Fergyuson 1986-yildan 2013-yilgacha “Manchester Yunayted”ni boshqargan, u jamoa bilan 38 ta sovrinni, jumladan, 13 marta APL chempionligini va ikki marta Chempionlar ligasi kubogini qo‘lga kiritgan.
Angliya chempionatining 34 turidan so‘ng “qizil iblislar” 61 ochko jamg‘argan holda uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Mersisaydliklar esa 58 ochko bilan toʻrtinchi pogʻonadan joy olgan.