locale OZ

Aleks Fergyuson «Liverpul»ga qarshi oʻyin oldidan shifoxonaga yotqizildi

Hozirda mutaxassisning ahvoli barqaror ekanligi aytilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Aleks Fergyuson «Liverpul»ga qarshi oʻyin oldidan shifoxonaga yotqizildi
FOTO: Getty Images

«Manchester Yunayted»ning afsonaviy sobiq bosh murabbiyi Ser Aleks Fergyuson Premyer-liganing 35-turi doirasidagi «Liverpul»ga qarshi o‘yin oldidan o‘zini yomon his qilgani sababli shifoxonaga yotqizildi. The Sun va boshqa nufuzli nashrlarning xabar berishicha, 84 yoshli shotlandiyalik mutaxassis «Old Trafford» stadionida bo‘lganida bezovtalik sezgan va ehtiyot chorasi sifatida tez yordam mashinasida shifoxonaga yetkazilgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Fergusonning ahvoli barqaror va u hushida. Shifokorlar buni jiddiy favqulodda holat emas, balki rejadan tashqari tekshiruv deb baholashmoqda.

Eslatib oʻtamiz, «MYU» ushbu bahsda 3:2 hisobida gʻalaba qozondi.

Ushbu g‘alaba «Manchester Yunayted»ga 64 ochko bilan 3-o‘rindagi mavqeini mustahkamlash va kelasi mavsum uchun Chempionlar ligasi yo‘llanmasini deyarli naqd qilish imkonini berdi. «Liverpul» esa 58 ochko bilan 4-pog‘onada qolmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting