Alberto Jilardino “Parma” bosh murabbiyiga aylanadi
“Parma” Alberto Jilardinoni jamoaning yangi bosh murabbiyi sifatida tayinlash bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi. 44 yoshli mutaxassis klubni yaqinda tark etgan Karlos Kuesta o‘rnini egallaydi.
“Parma” Kuesta bilan o‘zaro kelishuv asosida xayrlashgan edi. Jamoa Italiya chempionatining dastlabki besh turidan so‘ng 4 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 14-o‘rinda bormoqda.
Jilardino bungacha “Piza”, “Jenoa”, “Siena” va “Pro Vercelli” kabi jamoalarda bosh murabbiy sifatida ishlagan. U futbolchilik faoliyati davomida “Parma” safida ham to‘p tepib, klub tarixida o‘ziga xos iz qoldirgan.
Ma’lumot uchun, Jilardinoning tayinlovi yakuniy rasmiylashtirish bosqichida bo‘lib, u avvalo “Piza” bilan amaldagi shartnomasini bekor qilishi kerak. “Parma”ning navbatdagi uchrashuvi 10-oktabr kuni “Inter”ga qarshi safarda o‘tkaziladi.