locale OZ

Albert Riera «Ayntraxt» bosh murabbiyiga aylanishga yaqin turibdi — manba

Tomonlar oʻrtasida 2028 yilga qadar moʻljallangan shartnoma imzolanishi kutilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Albert Riera «Ayntraxt» bosh murabbiyiga aylanishga yaqin turibdi — manba
FOTO: Getty Images

Ispaniyalik mutaxassis Albert Riera tez orada Germaniya Bundesligasida ish boshlashi kutilmoqda. Taniqli insayder Nikolo Skiraning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida xabar berishicha, murabbiy Frankfurtning «Ayntraxt» jamoasini boshqarishga juda yaqin turibdi.

«Albert Riera «Ayntraxt»ning yangi bosh murabbiyi etib tayinlanish ostonasida. Tomonlar 2028 yilgacha mo‘ljallangan shartnomani imzolashga tayyor», — deb yozadi Skira.

43 yoshli Riera 2024 yildan buyon Sloveniyaning «Sele» klubini boshqarib kelmoqda. Bungacha u Fransiyaning «Bordo» klubida ham faoliyat yuritgan.

Frankfurtliklar ayni damda Germaniya chempionati turnir jadvalida 19 o‘yindan so‘ng 27 ochko bilan 8-o‘rinni egallab turibdi. «Ayntraxt»ning xalqaro maydondagi ishlari esa ancha omadsiz chiqdi — jamoa Chempionlar Ligasining umumiy bosqichida 33-o‘rinni band etib, pley-off yo‘llanmasidan quruq qoldi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting