locale OZ

Alba: “Yamalning o‘yinini tomosha qilish menga zavq bag‘ishlamoqda”

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Alba: “Yamalning o‘yinini tomosha qilish menga zavq bag‘ishlamoqda”
Photo: Getty Images

“Inter Mayami” himoyachisi “Barselona” vingeri Lamin Yamal haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

“Men uning "Barselona"dagi debyutini eslayman, u adashmasam "Betis"ga qarshi o‘yinda 15 yoshda edi. O‘shanda ham u o‘ziga xos futbolchi ekani ayon edi. To‘g‘ri, u so‘nggi ikki yil ichida jismonan o‘zgarib ketdi.

U maydonda ajralib turadi, buni tasavvur qilib bo‘lmaydi. U hozirda "Oltin to‘p"ga da’vogarlar safida va yoshlik chog‘ida qilayotgan ishlari aql bovar qilmaydi.

Asosiysi, u shu ruhda davom etsa, o‘sishda davom etsa, o‘rgansa, futbolni tushunadigan odamlarni tinglasa. Uning o‘yinini tomosha qilish menga zavq bag‘ishlaydi", - dedi Alba.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting