Alaba va Ryudiger yozgi transferlar vaqtida «Real»ni tark etishi mumkin — Skira
Madrid klubi himoya chizigʻini mustahkamlashni rejalashtirmoqda.
FOTO: Getty Images
Madridning «Real» klubi himoyachilari David Alaba va Antonio Ryudiger 2026 yilning yozida jamoani tark etishga yaqin turibdi. Bu haqda taniqli insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.
«David Alaba va Antoni Ryudiger mavsum yakunida «Real»ni erkin agent sifatida tark etishga tobora yaqinlashmoqda», — deb yozadi Skira.
Ma’lumot uchun, joriy mavsumda 33 yoshli David Alaba Ispaniya chempionatida 6 ta, Chempionlar Ligasida 2 ta va mamlakat kubogida 1 ta o‘yinda maydonga tushdi. 32 yoshli Antonio Ryudiger esa Primerada 8 ta va Chempionlar Ligasida 2 ta bahsda ishtirok etdi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist