locale OZ

Alaba «Udineze»ga o‘tish bo‘yicha kelishuvga erishdi

Endi bitimni rasmiylashtirish uchun zarur yuridik jarayonlarni yakunlash qoldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Alaba «Udineze»ga o‘tish bo‘yicha kelishuvga erishdi
ФОТО: Getty images

Avstriyalik himoyachi David Alaba faoliyatini Italiya chempionatida davom ettiradi. 34 yoshli futbolchi «Udineze» klubiga o‘tish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, tomonlar transfer shartlarini og‘zaki ravishda to‘liq kelishib olgan. Endi bitimni rasmiylashtirish uchun zarur yuridik jarayonlarni yakunlash qoldi. Shundan so‘ng Alabaning «Udineze» futbolchisiga aylangani rasman e’lon qilinadi.

Avvalroq OAVda avstriyalik himoyachining xizmatlariga Italiyaning «Roma» va «Latsio» klublari, shuningdek, Ispaniyaning «Barselona»si qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq Alaba faoliyatini «Udineze»da davom ettirishga qaror qildi.

Alaba 2021-yildan 2026-yilga qadar Madridning «Real» klubi sharafini himoya qildi. Ushbu davr mobaynida himoyachi barcha turnirlarda 132 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol va 9 ta golli uzatma qayd etdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting