Alaba «Latsio» taklifini rad etdi
David avval «Bavariya» va «Real Madrid» kabi grand klublar safida to‘p tepgan.
ФОТО: Getty images
Avstriyalik markaziy himoyachi David Alaba Italiyaning «Latsio» klubi taklifini rad etdi. Bu haqda Corriere dello Sport xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Rim klubi 34 yoshli futbolchiga bir mavsum uchun 3 million yevro maosh to‘lashga tayyor bo‘lgan. Biroq Alaba «Latsio» taklifini qabul qilmaslikka qaror qilgan va hozircha ham erkin agent maqomida qolmoqda.
«Latsio» Alabani jamoani tark etgan Alessio Romanolining o‘rniga olib kelishni rejalashtirgan edi. Romanoli esa faoliyatini Qatarning «Al-Sadd» klubida davom ettirishga qaror qildi.
Alaba avval «Bavariya» va «Real Madrid» kabi grand klublar safida to‘p tepgan. U madridliklar tarkibida ham, myunxenliklar safida ham katta sovrinlarni qo‘lga kiritgan.