locale OZ

Alaba faoliyatini okean ortida davom ettirishi mumkin

Alabaning amaldagi shartnomasi «Real» bilan 2026 yil yozigacha mo'ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Alaba faoliyatini okean ortida davom ettirishi mumkin
ФОТО: Getty images

“Real” himoyachisi David Alaba faoliyatini okean ortida davom ettirishi mumkin, deya xabar bermoqda jurnalist Sebastyan Vidal.

Manbaga ko'ra, 33 yoshli avstriyalik futbolchiga “New York City” va “Dallas” jamoalari qiziqish bildirmoqda.

MLS vakillari tajribali himoyachini qishki transfer oynasida o'z safiga qo'shib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.

Alabaning amaldagi shartnomasi «Real» bilan 2026 yil yozigacha mo'ljallangan. Hozircha tomonlar o'rtasida shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralar olib borilmayotgani aytilmoqda.

Joriy mavsumda markaziy himoyachi Xabi Alonso jamoasi safida 4 ta o'yinda ishtirok etdi. So'nggi ikki bahsda esa jarohati sabab qatnashmadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting