locale OZ

“Al-Sadd” Brozovich bilan shartnoma imzolashga yaqin

Futbolchiga 2028-yilgacha mo‘ljallangan shartnoma taklif qilinmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Al-Sadd” Brozovich bilan shartnoma imzolashga yaqin
Foto: Getty Images

Qatarning “Al-Sadd” klubi xorvatiyalik yarim himoyachi Marselo Brozovich bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi. 33 yoshli futbolchi hozirda erkin agent maqomida va yangi klubiga bepul qo‘shilishi mumkin.

Insayder Nikolo Skiraning ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar kelishuvni yakunlash arafasida. “Al-Sadd” Brozovich bilan muzokaralar muvaffaqiyatli tugashiga ishonmoqda. Futbolchiga 2028-yilgacha mo‘ljallangan shartnoma taklif qilinmoqda.

Brozovichning so‘nggi klubi Saudiya Arabistonining “Al-Nassr” jamoasi bo‘lgan. Uning shartnomasi 2025/26-yilgi mavsum yakunida tugagan va shundan so‘ng futbolchi erkin agentga aylangan. O‘tgan mavsum Saudiya chempionatida u 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Ma’lumot uchun, Brozovich “Al-Nassr”ga 2023-yilda Milanning “Inter” klubidan o‘tgan edi. Bungacha xorvatiyalik yarim himoyachi “Inter” safida sakkiz yildan ortiq vaqt davomida to‘p surgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting