locale OZ

«Al Qodisiya» Reynders uchun yiliga 20 mln yevro maosh taklif qildi

Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yozigacha mo'ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Al Qodisiya» Reynders uchun yiliga 20 mln yevro maosh taklif qildi
ФОТО: Getty images

Saudiya Arabistonining “Al-Qodisiya” klubi “Manchester City” yarim himoyachisi Tijjani Reynders bilan tarkibini kuchaytirishga harakat qilmoqda va futbolchiga yiliga 20 million yevro maosh to'lanadigan besh yillik shartnoma taklif qilgan. Bu haqda De Telegraaf nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, 28 yoshli futbolchi yaqin kunlarda tibbiy ko'rikdan o'tishi kerak.

Avvalroq OAV Saudiya Arabistoni klubi Reynders transferi uchun taxminan 60 million yevro to'lashga tayyor ekani haqida xabar bergan edi.

O'tgan mavsumda Reynders barcha musobaqalarda 47 ta o'yinda qatnashib, yettita gol urdi va sakkizta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portalining ma’lumotiga ko'ra, niderlandiyalik futbolchining bozor qiymati 50 million yevroga teng.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting