«Al-Qodisiya» Retegining transferini e’lon qildi
Photo: Getty Images
“Atalanta” hujumchisi Mateo Retegi Saudiya Arabistonining “Al-Qodisiya” klubiga o‘tdi.
Insayder Fabrizio Romano xabariga ko‘ra, 26 yoshli futbolchi klub bilan rasman shartnoma imzoladi. Mateo yangi jamoasida yiliga 20 million yevro maosh oladi.
Futbolchining transfer qiymati 65 million yevroni tashkil qilgan. Retegi bergamoliklar safida o‘tgan mavsumni ajoyib o‘tkazdi va 36 ta o‘yinda 25 ta gol urib, A Seriyaning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi.
Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Retegining bozor narxi 45 million yevroga baholanmoqda.
Bahrom Bobonov
Redaktor