locale OZ

«Al Qodisiya» Dani Olmoga qiziqish bildirmoqda

Futbolchining oʻzi esa «Barselona»ni tark etmoqchi emas.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Al Qodisiya» Dani Olmoga qiziqish bildirmoqda
FOTO: Getty Images

Saudiya Arabistonining «Al Qodisiya» klubi «Barselona» yarimhimoyachisi Dani Olmoga qiziqish bildirmoqda. Saudiya klubi rahbariyati futbolchining bir nechta o‘yinlarini bevosita stadiondan kuzatgan, biroq hozircha transfer bo‘yicha rasmiy taklif bilan chiqmagan. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, Olmo ayni damda «ko‘k-anorranglilar» safida o‘zini baxtli his qilmoqda va jamoani tark etish niyati yo‘q. «Blaugrana» rahbariyati ham 27 yoshli futbolchining xizmatlariga tayanmoqda va u bilan xayrlashmoqchi emas.

Dani Olmo joriy mavsumda barcha turnirlar doirasida 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, ispaniyalik yarim himoyachining bozor qiymati 60 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting