«Al-Ittihod» Fernandesh uchun taklif yubordi
Фото: Getty Images
“Manchester Yunayted” klubi sardori Brunu Fernandesh faoliyatini Saudiya Arabistoni chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Ispaniyaning Mundo Deportivo nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, portugaliyalik yarim himoyachi Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” klubi bilan muzokaralar olib borgan. Hozircha tomonlar o‘rtasida yakuniy kelishuvga erishilmagan, biroq Fernandesh yiliga 40 million yevro miqdorida maosh talab qilayotgani aytilmoqda.
Avvalroq ham Fernandeshga Saudiya Arabistonidan takliflar bo‘lgan. Xususan, mamlakatning kuchli klublaridan biri sanalgan “Al-Hilol” futbolchiga umumiy qiymati 230 million yevro bo‘lgan taklif yuborgan edi. Biroq futbolchi “Manchester Yunayted”da qolishni ma’qul topib, ularga rad javobini bergan edi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist