locale OZ

«Al Ittihod» Benzemaga 2028 yilga qadar moʻljallangan shartnoma taklif qildi

Tomonlar oʻrtasida tuzilgan amaldagi kelishuv joriy mavsum oxirida yakuniga yetadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Al Ittihod» Benzemaga 2028 yilga qadar moʻljallangan shartnoma taklif qildi
FOTO: Getty Images

Saudiya Arabistonining «Al Ittihod» klubi 38 yoshli hujumchi Karim Benzemaga 2028 yil yoziga qadar mo‘ljallangan yangi shartnoma taklif qildi. Bu haqda jurnalist va insayder Nikolo Skira xabar berdi.

Futbolchining amaldagi shartnomasi joriy yilning 30 iyunida yakunlanadi. Hozirda klub va o‘yinchi o‘rtasidagi muzokaralar davom etmoqda, tomonlar yakuniy kelishuvga erishishga intilmoqda.

Joriy mavsumda Benzema Saudiya chempionatida 10 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urdi.

Karim Benzema 2023 yil iyul oyidan buyon «Al Ittihod» sharafini himoya qilib kelmoqda. Fransiyalik hujumchi «Real» bilan shartnomasi yakunlangach, erkin agent sifatida Saudiya klubiga qo‘shilgan edi. Benzema Madrid klubida 2009 yildan buyon to‘p surgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting