locale OZ

«Al Hilol» Vitor Pereyraga katta maosh koʻzda tutilgan shartnoma taklif qilmoqchi

Amaldagi murabbiy Simone Inzagi shu yozda jamoani tark etishi kutilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Al Hilol» Vitor Pereyraga katta maosh koʻzda tutilgan shartnoma taklif qilmoqchi
FOTO: Getty Images

Saudiya Arabistonining «Al Hilol» klubi «Nottingem Forest» bosh murabbiyi Vitor Pereyra xizmatlariga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

Manbaning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, Saudiya klubi portugaliyalik mutaxassis uchun katta maosh ko‘zda tutilgan rasmiy taklif tayyorlamoqda. Boisi, «Al Hilol»ning amaldagi bosh murabbiyi Simone Indzagi shu yozda jamoani tark etishi kutilmoqda. Pereyra uchun Saudiya Arabistoni chempionati begona emas, u muqaddam ushbu mamlakatda «Al-Shabab» va «Al-Ahli» klublarini boshqargan.

Ayni paytda esa «Nottingem Forest» rahbariyati ham Pereyra bilan shartnomani yaxshilangan shartlar evaziga uzaytirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

Vitor Pereyra 2026 yilning fevral oyidan buyon «Nottingem Forest» klubini boshqarib kelmoqda. U yakunlangan mavsumda jamoaning to‘rtinchi murabbiyiga aylangandi. Uning qo‘l ostida «o‘rmonchilar» Yevropa ligasining yarim finaliga qadar yetib borishdi, shuningdek, jamoaning Angliya Premyer-ligasidagi o‘rnini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lishdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting