locale OZ

“Al-Hilol” va “Arsenal” to‘purarlik hujumchi uchun kurashadi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Al-Hilol” va “Arsenal” to‘purarlik hujumchi uchun kurashadi
Photo: Getty Images

"Al-Hilol" klubi “Leyptsig” hujumchisi Benyamin Sheshkoni sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Sun nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Saudiya Arabistoni grandi yozda "Napoli"dan Viktor Osimhenni o‘z safiga qo‘shib olishga ko‘ndira olmaganidan so‘ng, sloveniya futbolchisi – 22 yoshli Benyamin Sheshkoga e’tibor qaratmoqda.

Sheshko uchun “Arsenal” klubi ham jiddiy qiziqish bildirgan. Ko‘plab manbalar uni “to‘pchilar” safiga qo‘shilishi mumkinligi haqida yozishmoqda.

2024/25-yilgi mavsumda Benyamin Sheshko "Leyptsig" safida barcha musobaqalarda 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting