locale OZ

“Al-Hilol” va “Al-Ahli” “Barselona” yarim himoyachisi Mark Kasadoga qiziqmoqda

Har ikki Saudiya klubi Kasado uchun 40 million yevrogacha to‘lashga tayyor.
“Al-Hilol” va “Al-Ahli” “Barselona” yarim himoyachisi Mark Kasadoga qiziqmoqda
Foto: Getty Images

“Barselona” yarim himoyachisi Mark Kasado faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin. Jurnalist Ekrem Konur ma’lumotiga ko‘ra, “Al-Hilol” va “Al-Ahli” 22 yoshli ispaniyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda.

Manbaning qayd etishicha, har ikki Saudiya klubi Kasado uchun 40 million yevrogacha to‘lashga tayyor. Futbolchining o‘zi esa kelajagi borasida shoshilinch qaror qabul qilmoqchi emas va mavjud takliflarni batafsil o‘rganib chiqishni istamoqda.

Shu bilan birga, Kasadoning kelajagi bo‘yicha ma’lumotlar bir-biridan farq qilmoqda. Fabritsio Romano 17-avgust kuni futbolchining “Barselona”ni tark etishi mumkinligini yozgan, biroq “Al-Hilol” bilan muzokaralar olib borilmayotganini ta’kidlagan.

Ma’lumot uchun, Kasado o‘tgan mavsum “Barselona” safida barcha musobaqalarda 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta golli uzatma amalga oshirgan. Uning kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2028-yilgacha amal qiladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting