locale OZ

\"Al-Hilol\" Theo Hernandez transferini e'lon qildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Al-Hilol" Theo Hernandez transferini e'lon qildi
Photo: Getty Images

“Milan”ning fransiyalik himoyachisi Theo Hernandez “rossoneri”ni tark etdi.

“Al-Hilol” klubi qanot himoyachisini sotib olganini e'lon qildi. Tomonlar 2028 yil yozigacha bitim imzolashdi.

Insayder Fabrizio Romanoning xabariga ko'ra, saudiyaliklar Theoning transferi uchun “Milan”ga 25 million yevro to'lagan. Futbolchi yangi jamoasida yiliga 20 million yevro atrofida maosh olishi xabar qilingan edi.

Hernandez italiyaliklar safida A Seriyada 195 ta o'yin o'tkazib, 31 ta gol urgan va 26 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting