locale OZ

«Al Hilol» Milinkovich-Savich bilan yangi shartnoma imzolanganini e'lon qildi

30 yoshli serbiyalikning yangi bitimi 2028 yilgacha amal qiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Al Hilol» Milinkovich-Savich bilan yangi shartnoma imzolanganini e'lon qildi
Фото: Ал Хилал

Serbiyalik yarim himoyachi Sergey Milinkovich-Savich "Al Hilol" bilan yangi shartnomaga imzo chekdi. Bu haqda Saudiya Arabistoni klubi rasmiy sayti xabar berdi.

30 yoshli serbiyalikning yangi bitimi 2028 yilgacha amal qiladi. Milinkovich-Savich 2023 yil iyul oyida 40 million yevro evaziga Italiyaning "Latsio" jamoasidan kelib qo‘shilgandi. Endilikda u bonuslar bilan birga yiliga 30 million yevrogacha maosh oladi. Bu uning Italiyadagi 3,2 million yevrolik sof daromadidan ancha yuqori.

O‘tgan vaqt davomida u jamoasi bilan Saudiya Arabistoni chempionati, Saudiya Arabistoni Kubogi va ikkita Saudiya Arabistoni Superkubogini qo‘lga kiritdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting