locale OZ

«Al Hilol» Kulibali bilan shartnomani uzaytirdi

34 yoshli futbolchi riyodliklar klubiga 2023 yil yozida 23 million yevro evaziga “Chelsea”dan o'tgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Al Hilol» Kulibali bilan shartnomani uzaytirdi
Фото: Ал Иттиход

Himoyachi Kalidu Kulibali faoliyatini Saudiya chempionatida davom ettiradigan bo‘ldi.

Senegal milliy terma jamoasi himoyachisi "Al Hilol" bilan kelishuvni 2027 yil yozigacha uzaytirdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

Ma'lumot uchun, 34 yoshli futbolchi riyodliklar klubiga 2023 yil yozida 23 million yevro evaziga “Chelsea”dan o'tgandi. U jamoa bilan mamlakat chempionligi, kubok va superkubokni qo'lga kiritdi.

Kulibali bu mavsumda Saudiya Proligasida 10 ta o'yin o'tkazib, 2 ta golga assistentlik qilgan.

Hozirda "Al Hilol" ichki chempionatda 20 o'yinda 50 ochko to'plab, peshqadamlik qilmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting