«Al-Hilol» Keynga haftasiga 2 million yevro maosh taklif qilmoqchi
Saudiyaliklar katta maosh berishga tayyor.
ФОТО: Getty images
“Al-Hilol” Angliya milliy jamoasi sardori Harri Keynga kelasi yili “Bavariya”dan ketishi uchun juda katta taklif tayyorlamoqchi. Bu haqda BILD xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, saudiyaliklar 31 yoshli futbolchiga yuqori maosh bermoqchi. Unga ko‘ra, klub haftasiga 2 million yevro atrofida maosh berishga tayyor.
Keyn esa shartnomasidagi maxsus band tufayli keyingi yozda 60 million yevro evaziga “Bavariya”ni tark etishi mumkin.
Avval ham “Al-Hilol” Harri bo‘yicha taklif yuborgandi. Biroq futbolchi Yevropada qolishni istagan va bu taklifni rad etgandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist