locale OZ

«Al Hilol» Karim Benzemaga qiziqish bildirmoqda

«Al Ittihod» fransiyalik hujumchi uchun 25 mln yevro talab qilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Al Hilol» Karim Benzemaga qiziqish bildirmoqda
FOTO: Getty Images

Saudiya Arabistoni chempioni «Al Hilol» klubi «Al Ittihod» forvardi Karim Benzemaning transferi bo‘yicha rasmiy so‘rov yubordi. Bu haqda insayder Sasha Tavolyeri xabar tarqatdi.

«Al Ittihod» o‘z yulduzini qo‘yib yuborish evaziga kamida 25 million yevro talab qilmoqda. 38 yoshli fransuz hujumchisi esa yangi jamoasi bilan 2027 yilning iyuniga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolash niyatida. Ma’lumot uchun, Benzemaning hozirgi klubi bilan amaldagi kelishuvi 2026 yilning yozida yakuniga yetadi.

Avvalroq, «Oltin to‘p» sohibi klubi bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortgani va qishki transfer oynasida jamoasini o‘zgartirishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Benzemaning xizmatlariga Turkiyaning «Beshiktosh» klubi ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Joriy mavsumda Karim Benzema «Al Ittihod» safida barcha turnirlarda 21 ta uchrashuvda maydonga tushib, 16 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Transfermarkt portali ayni damda tajribali hujumchini 6 million yevroga baholamoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting