locale OZ

“Al-Hilol” Kanseluni “Barselona”ga qo‘yib yuborishni istamayapti

Kanselu o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini “Barselona” safida ijara asosida o‘tkazdi.
“Al-Hilol” Kanseluni “Barselona”ga qo‘yib yuborishni istamayapti
Foto: Getty Images

“Barselona” Joau Kanseluni yana o‘z safiga qaytarishni rejalashtirmoqda, biroq “Al-Hilol” portugaliyalik himoyachini saqlab qolishga tayyor.

Jurnalist Ekrem Konur ma’lumotiga ko‘ra, kataloniyaliklar 32 yoshli futbolchini to‘liq sotib olish variantini ko‘rib chiqmoqda. Buning uchun “Barselona” taxminan 10 million yevro to‘lashi kerak bo‘ladi. Aks holda Saudiya klubi Kanseluni jamoada olib qolmoqchi.

Kanselu o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini “Barselona” safida ijara asosida o‘tkazdi. U kataloniyaliklar tarkibida barcha musobaqalarda 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Hozircha klublar o‘rtasida yakuniy kelishuv yo‘q. “Barselona” futbolchini qaytarishni istamoqda, “Al-Hilol” esa faqat o‘z talablariga mos taklif tushsa, transferga rozi bo‘lishi mumkin.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting