locale OZ

\"Al-Hilol\" Isak uchun rad etib bo'lmas maoshni taklif qildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Al-Hilol Isak uchun rad etib bo'lmas maoshni taklif qildi
Photo: Getty Images

Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi “Nyukasl” hujumchisi Aleksandr Isakka moliyaviy jihatdan katta shartnoma taklif qildi. Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, Saudiya klubi shved futbolchisiga haftasiga 600 ming funt sterling miqdorida maosh taklif qilgan. Ushbu summadan hech qanday soliqlar olinmaydi.

Bundan tashqari, Riyod klubi tomonidan Isakka turli bonuslar va qo'shimcha imtiyozlar ham va'da qilingan. Biroq hozircha futbolchi bu borada bir qarorga kela olmayapti.

Ma'lumot uchun, Aleksandr Isak 2022 yil yozida Ispaniyaning “Real Sosedad” klubidan “Nyukasl”ga o'tgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo'ljallangan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting