locale OZ

«Al Hilol» Dias uchun «Bavariya»ga 132 million yevrogacha taklif qilishga tayyor — Tavoleri

Saudiya klubi 29 yoshli vingerga yiliga 25 million yevro maosh taklif qilishga ham tayyor.
«Al Hilol» Dias uchun «Bavariya»ga 132 million yevrogacha taklif qilishga tayyor — Tavoleri
ФОТО: Getty images

Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubi "Bavariya" hujumchisi Luis Diasni o‘z safiga qo‘shib olish uchun yirik transferga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda jurnalist Sasha Tavoleri ma'lum qildi.

Klub kolumbiyalik futbolchi uchun Myunxen jamoasiga 105 million yevrodan 132 million yevrogacha bo‘lgan rasmiy taklif bilan chiqishga tayyor.

Manbalarga ko‘ra, "Al Hilol" avval Diasning vakillari bilan shaxsiy shartlar bo‘yicha kelishuvga erishishni maqsad qilgan. Agar tomonlar o‘rtasida kelishuv amalga oshsa, shundan so‘ng "Bavariya"ga rasmiy taklif yuboriladi. Shuningdek, saudiyaliklar 29 yoshli vingerga yiliga 25 million yevro maosh taklif qilishga ham tayyor.

Eslatib o‘tamiz, Luis Dias o‘tgan yozda "Liverpul"dan "Bavariya"ga o‘tgan va nemis klubi bilan 2029 yilgacha amal qiladigan shartnomaga ega. U debyut mavsumida 51 ta o‘yinda 26 ta gol va 23 ta golli uzatma muallifi bo‘lib, jamoaning yetakchi futbolchilaridan biriga aylangan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting